25 Oktyabr 2023 933

Parij sportda dopingga qarshi kurash boʻyicha yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda

Bugun Parij shahridagi UNESCO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash boʻyicha xalqaro Konvensiyaga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi boshlandi. 27-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda Oʻzbekiston nomidan mamlakat Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov qatnashyapti.

Mazkur Sessiyada koʻrib chiqiladigan asosiy masalalardan biri Konvensiyaga bir qator muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishdir. Shuningdek, unda belgilangan vazifalarning mamlakatlarda amalga oshirilishi yuzasidan monitoring natijalarini tahlil qilish, Konvensiyaga aʼzo mamlakatlarda sportda dopingga qarshi kurash boʻyicha ishlarni yanada qatʼiylashtirish, xalqaro va milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.

Text to speech