25 Oktyabr 2023 909

Midori Xonda: “Oʻzbekiston terma jamoasini yuqori darajaga olib chiqishda davom etamiz”

Maʼlum qilganimizdek, ertadan ayollar futboli boʻyicha Osiyo qitʼasi uchun Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqaning 2-saralash bosqichi start oladi. Bugun Toshkent shahrida oʻtadigan “С” guruhi bahslari oldidan jamoalarning bosh murabbiylari hamda sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Midori Xonda hamda futbolchi Lyudmila Karachik oʻz fikrlarini bildirishdi.

M.Xonda: “Osiyo oʻyinlaridan soʻng bir necha kun davomida yigʻin oʻtkazdik. Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz. Soʻnggi yillarda jamoamiz oʻsishga erishdi va muxlislarimizdan bizni qoʻllab-quvvatlab turishlarini soʻrayman. Oʻzbekiston terma jamoasini yuqori darajaga olib chiqishda davom etamiz”.

L.Karachik: “Bizning asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yoʻl olish va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Men va barcha jamoadoshlarim ertangi uchrashuvga tayyormiz.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi “С” guruhida Yaponiya, Vyetnam va Hindistonga qarshi bahs olib boradi.

Text to speech