30 May 2021 2213

Shohsupani yana o‘zbek chavandozlari to‘ldirishdi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «FEI Jumping CSIO1 -W Worid Cup Eurasian League» va « FEI Jumping Nations Cup» xalqaro musobaqasi davom etadi. Turnirning navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun omadli o‘tdi.

O‘zbekiston, Rossiya , Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakat vakillari ishtirok etayotgan turnirning galdagi dasturida chavandozlar 130 sm balandlikdagi to‘siqdan oshib o‘tish bo‘yicha bellashishdi. Ahamiyatlisi, mazkur yo‘nalishda ham shohsupaning barcha o‘rinlari terma jamoamiz vakillariga nasib etdi. Qayd etish joiz, birinchi o‘rinni “Etos” laqabli tulporda ishtirok etgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev egalladi.

1. Bahromjon Gaziyev (O‘zbekiston) – “Etos” (ot laqabi)
2. Saidamirxon Turg‘unbayev (O‘zbekiston) – “Kastaniya”
3. Aʼzam Tolibboyev (O‘zbekiston) – “Ledi”

Text to speech