24 Oktyabr 2023 1316

Bir guruh sport fidoyilari I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi

Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi oʻzaro hamkorlikda koʻplab xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bir guruh sportimiz faxriylariga I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Mazkur tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Durdona Rahimova, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, “Nuroniy” jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari Sharof Ubaydullayev, mamlakat sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan rasmiylar davlatimiz tomonidan aholining har bir qatlami, xususan, faxriylarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bilan qarori bilan uzoq yillar yurtimiz sportining rivojiga hissa qoʻshgan Lev Yugay, Anvar Avazxoʻjayev, Shuhrat Najimov, Bahodir Bilolov, Aleksandr Istomin, Vyacheslav Soloxo, Klara Shokirjonova, Vladimir Pyatayev, Rinat Yunusov, Baxtiyor Rajabov, Azim Alimovlar I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Oʻz oʻrnida, faxriylarimiz davlatimiz tomonidan koʻrsatilgan ushbu ehtiromdan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimiz farovonligi uchun qoʻllarini duoga ochishdi.

Text to speech