O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi
Poytaxtimizda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘z yakuniga yetdi. Xalqaro maqomga ega ushbu musobaqada atletlar Tokio-2020 normativlarini bajarish orqali Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega edilar. Shu bois bellashuvlar shiddatli ruhda o‘tdi.
Kechagi bahslarda Safina Sadullayeva balandlikka sakrash bo‘yicha Tokio-2020 normativini bajarishi ko‘plab sportchilarimizni ruhlantirdi, deyish mumkin. Bugungi bahslarda Ruslan Kurbanov, Suhrob Xo‘jayev, Yekaterina Voronina kabi hamyurtlarimiz ham ana shunday marra sari dadil harakat qilishdi. Hamyurtlarimiz o‘z yo‘nalishlarida normativlar uchun juda yaqin kelishdi. Buning evaziga ular jahon reytingida o‘z o‘rinlarini yanada mustahkamlab olishdi deyish mumkin.
Musobaqa doirasida MOQ rahbari terma jamoa va barcha viloyatlardagi murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi. Unda mavjud muammo va takliflar tinglanib, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Yakuniy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishasiz:
https://uzathletics.uz/news/news_post/prizery-sorevnovanij-3