FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Oktyabr 2023 2370

Futbolchi qizlarimiz muhim musobaqaga tayyorlanishmoqda

26-oktyabr – 1-noyabr kunlari Osiyo mintaqasida ayollar futboli boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi saralash musobaqasining ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Toshkent shahri “C” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlarga mezbonlik qiladi. Ayni paytda Midori Xonda boshchiligidagi Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi poytaxtimizda tayyorgarlikning soʻnggi qismini olib bormoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur bosqichda har bir guruhdan (3 ta guruh) birinchi oʻrinni olgan jamoalar, shuningdek, uchala guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 1 ta ikkinchi oʻrin sohibi hal qiluvchi davraga yoʻl oladi. Ilk ishtirokidayoq Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida yarim finalgacha yetib borgan qizlarimizning tayyorgarligi ushbu bahslarga qaratilgan. Jamoamizning taqvimi quyidagicha:

26-oktyabr: Oʻzbekiston – Vyetnam 
29-oktyabr: Oʻzbekiston – Yaponiya 
1-noyabr: Oʻzbekiston – Hindiston

Text to speech