30 May 2021 2353

Tokio-2020: Sabina Tashkenbayeva badiiy gimnastikachilarimizning ilk litsenziyasiga egalik qildi

Italiyaning Pesaro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi yakunlandi. Ushbu bosqichdan so‘ng yakkalik yo‘nalishida yana 3 nafar Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan gimnastikachilar nomi e’lon qilindi. Quvonarlisi, ular orasida hamyurtimiz Sabina Tashkenbayeva ham bor.

Barcha bosqichlar yakuni bo‘yicha Tashkenbayeva 130 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu litsenziya uchun kurashayotgan sportchilar orasida ikkinchi ko‘rsatkich edi. Bu borada yakuniy jadval quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) – 145
2. Sabina Tashkenbayeva (O‘zbekiston) – 130
3. Chisaki Oiva (Yaponiya) – 118

Bu badiiy gimnastika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan birinchi litsenziya hisoblanadi. Oldinda guruh mashqi bo‘yicha qizlarimizni poytaxtimizda o‘tadigan litsenzion Osiyo chempionati kutib turibdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Sabina Tashkenbayeva va uning yaqinlarini, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasini tabriklab qoladi.

Text to speech