FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Oktyabr 2023 1221

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun 21-oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 34 yil toʻldi. 1989-yilning aynan ushbu sanasida ona tilimiz oʻzining yangi rivojlanish davrini boshladi. Bugun mazkur sana Respublikamizning barcha tashkilotlarida oʻzgacha ruhda qarshi olinmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida ham.

“Ming yillar davomida sayqal topib, ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelgan ona tilimiz hayotimizning ajralmas boʻlagi boʻlib ulgurgan. Bugun biz, oʻzbek sportining oilasi sifatida jonajon tilimizning yanada ravnaq topishi, uning dunyo boʻylab keng yoyilishi yoʻlida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Milliy gʻururimizga aylangan kurash sportining oʻzbek tilidagi atamalari jahon arenalarida, xususan, Osiyo oʻyinlarida ham yangramoqda. Bundan barchamiz gʻurur va iftixor hissini tuymoqdamiz. Fursatdan foydalanib, bugungi tarixiy kun bilan barcha hamyurtlarimizni mamlakatimizdagi Olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan samimiy tabriklab qolamiz. Qadring baland boʻlsin, ona tilim!”.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati

Text to speech