FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Oktyabr 2023 1992

Nukusda sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi

17-19-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. “New Uzbekistan” nomi ostida birinchi bor tashkil etilgan kattalar oʻrtasidagi turnirda mamlakatimizdan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus Respublikalaridan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi.

Musobaqa “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-336-son Qarori asosida tashkil etildi. Unda Olimpiya vazn toifalarida kuchlilar saralab olindi. Kutilganidek, har uch yoʻnalishda 14 ta vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Belarus hamda Qozogʻiston jamoalariga nasib etdi.

Text to speech