FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Oktyabr 2023 1964

Dzyudochilarimiz navbatdagi yig‘inga kirishishdi

Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarib, oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Osiyo oʻyinlariga jalb etilmagan tarkib 24-26-oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga hozirlik koʻrmoqda. Asosiy tarkib vakillarining tayyorgarligi esa 2-3-dekabr sanalariga belgilangan Tokio “Katta dubulgʻa” musobaqasiga qaratilgan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadisning soʻzlariga koʻra, har ikki jamoa reja asosida mashgʻulotlarni olib boryapti. BAA va Yaponiya turnirlari joriy yil taqvimidan oʻrin olgan soʻnggi startlar hisoblanadi. Shu bois, ularda jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun maksimal darajada reyting ochkolarini jamgʻarish talab etiladi. Mashq jarayonida yangi kombinatsiyalar ustida ishlanib, dzyudochilarimizning texnik harakatlari yanada sayqal olmoqda.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/06zHg7sdI90" title="Oʻzbek dzyudochilari mashgʻulotda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech