17 Oktyabr 2023 996

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Tuyabo‘g‘izda shug‘ullanishmoqda

Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qisqa dam olishdan soʻng mashgʻulotlarga qaytdi. Tuyaboʻgʻiz suv omboridagi bazada boshlangan yigʻinda sportchilarga katta yuklama berilgani yoʻq. Mashgʻulotlarda katta musobaqadan soʻng atletlarning tiklanish jarayonini bir maromda olib borish, shuningdek, ularning jismoniy holati va suvdagi koʻnikmalarini saqlab turishga ahamiyat qaratilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu sport turida terma jamoamiz Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medal jamgʻarib, delegatsiyamizning oʻz tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishiga munosib hissa qoʻshgan.

Text to speech