29 May 2021 1670

Ajoyib! Istominning asosiy davradagi raqibi aniq

Xabar berganimizdek, tennischimiz Denis Istomin Parijda o‘tkazilayotgan Fransiya ochiq chempionati – “Roland Garros-2021” musobaqasining asosiy davrasiga yo‘l olgan. Ayni paytga kelib, hamyurtimizning ushbu bosqichdagi raqibi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Istomin asosiy davrani shveysariyalik mashhur Rojer Federerga qarshi boshlaydi. “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra g‘olibiga qarshi kechadigan bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start olishi kutilmoqda.

Har ikki tennischi ayni paytgacha 7 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning barida Federer g‘alaba qozongan. Yana bir jihati, hamyurtimiz faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” turnirini 2006 yil AQSH ochiq chempionatida aynan Rojer Federerga qarshi boshlagan edi.

Text to speech