13 Oktyabr 2023 823

Sablyachilarimiz “Satellite” turnirida ishtirok etishadi

14-15-oktyabr kunlari qilichbozlikning barcha turlari boʻyicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi turnirlar oʻtkaziladi. Maʼlum qilganimizdek, rapira qurolidagi bahslarga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Sablyada kechadigan bellashuvlar Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tashkil etilib, unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ayni paytda Osiyo oʻyinlari qahramonlaridan biri, bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova, shuningdek, Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov Tbilisida soʻnggi tayyorgarlikni olib borishmoqda. 14-oktyabr kuni erkaklar, 15-oktyabrda esa ayollar musobaqa medallari va Parij-2024 litsenzion ochkolari uchun jang qilishadi.

Text to speech