29 May 2021 1608

Faxriylarimiz dzyudochi qizlarimizning jahon chempionatiga tayyorgarligini kuzatishdi

6-13-iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bahodir Maxsitov boshchiligidagi O‘zbekiston sport faxriylari kengashi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida shug‘ullanayotgan terma jamoamiz vakillarining mashg‘ulotini kuzatdi.

Hozirda erkaklar terma jamoamiz Gruziyada musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik bosqichini olib bormoqda. Qizlarimiz esa Toshkentda jahon chempionatiga hozirlik ko‘rishyapti. Faxriylarimiz tashrif davomida dzyudochi qizlarimiz bilan ularning tayyorgarligi, salomatligi, rejalari haqida suhbatlashishdi. O‘z o‘rnida qizlarimiz uchun yaratib berilgan sharoitlar yuqori ekanligini taʼkidlab, bo‘lajak jahon chempionatida ularga omad va zafarlar tilab o‘tishdi.

Budapeshtdagi dunyo birinchiligidan so‘ng ushbu sport turida Tokio-2020 reyting davri yakunlanadi. Shundan so‘ng Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi barcha dzyudochilar nomi maʼlum bo‘ladi.

Text to speech