FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Oktyabr 2023 2119

Jahon kubogining final bosqichida ilk bor oʻzbekistonlik ikki nafar mergan ishtirok etadi

Joriy yilning 18-26-noyabr kunlari Qatarning Doxa shahrida oʻq otish sporti turlari boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Xalqaro oʻq otish sporti federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosiga taklifnoma joʻnatdi.

Mazkur sport turida Jahon kubogining final bosqichi yilda 1 marotaba oʻtadigan nufuzli turnir hisoblanadi. Unda oʻsha yil dunyo birinchiligida shohsupaga koʻtarilgan 3 sportchi, shuningdek, yil davomida oʻtgan Jahon kubogining 6 ta bosqichida eng yuqori reyting ochkolarini jamgʻargan 12 nafar mergan ishtirok eta oladi.

Bu yilgi Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali kuchli 12 talikka kirgan Muhammad Kamalov hamda Vladimir Svechnikov pnevmatik toʻpponchadan otish dasturida Doxada oʻtadigan final bahslariga yoʻl olishdi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari soʻnggi marta 2008-yil bunday nufuzli musobaqada ishtirok etishgan boʻlsa, birinchi bor 2 nafar sportchi bilan final bosqichiga yoʻl olishdi.

Text to speech