12 Oktyabr 2023 3285

Nikita Rafalovich Tayyuan Gran-prisida kumush medalga sazovor boʻldi

Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT boʻyicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi. Bugun turnirning soʻnggi kunida kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich kumush medalga sazovor boʻldi.

+80 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz musobaqa davomida Tunis, Xitoy, Xorvatiya, Janubiy Koreya vakillarini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq finalda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi va musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi. Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdi.

Text to speech