10 Oktyabr 2023 906

Mannopova Tayyuan Gran-prisi g’olibi

Bugun Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondoning WT yo’nalishi bo’yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. Unda qatnashayotgan O’zbekiston terma jamoasi ilk medaliga sazovor bo’ldi.

-49 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Madinabonu Mannopova bronza medalini qo’lga kiritdi. Sportchimiz musobaqa davomida Turkiya, Marokash, Saudiya Arabistoni vakillarini mag’luboyatga uchratdi. Biroq yarim finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o’rinda yakunladi.

Eslatib o’tamiz, sportchimiz yaqinda yakuniga yetgan Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlarida ham bronza medaliga sazovor bo’lgan edi.

Text to speech