8 Oktyabr 2023 985

O’zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Atletlarimiz bu galgi musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medal qo’lga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-o’rinni egalladi. Bu O’zbekiston delegatsiyasining Osiyo o’yinlari tarixida medallar sifati va soni bo’yicha eng yaxshi natijasi bo’ldi.

Shubhasiz, bunday ko’rsatkich Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan sportni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, har bir sport turining rivojiga qaratilayotgan e’tiborning samarasi bo’ldi.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan barcha yurtdoshlarimiz, sportchi va murabbiylar, bu natija yo’lida mehnati singgan barcha mutaxassislarni samimiy qutlaydi. Musobaqa davomida jonajon vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, barchamizga unitilmas quvonch va hissiyot ulashgan sportchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz, Yangi O’zbekistonning muzaffar atletlari!

Text to speech