8 Oktyabr 2023 937

O‘zbekiston sporti tarixida ilk bor mamlakatimiz vakili Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

Bu nomga Yevroosiyo ot sporti assosiatsiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev sazovor bo‘ldi.

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ot sporti musobaqalari o‘tkazilgan Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibidan federatsiya vise-prezidentlarini saylash masalasi ham o‘rin olgan edi. Ta’kidlash kerakki, ushbu yuksak lavozimga nomzodlar orasida Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari qatori O‘zbekistondan nomzod ilgari surildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Osiyo ot sporti federatsiyasi vise-prezidenti lavozimiga Yaponiya, Janubiy Koreya va Liviya vakillari ham tasdiqlanishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bahromjon Gaziyevni ushbu yangi lavozim bilan qutlab, uning kelgusi faoliyatida, jumladan nafaqat O‘zbekiston, balki qit’amizda ot sportini rivojlantirish borasidagi mehnatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech