29 May 2021 1615

13 nafar bokschimiz Osiyo chempionatining finaliga yo‘l oldi

BAAda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bellashuvlari ortda qoldi. Quvonarlisi, unda terma jamoamizning 13 nafar vakili final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar jamoamiz to‘liq tarkib bilan yarim finalga yetib bordi. Biroq final uchun kechgan janglarda Abdumalik Xalakov (-60 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) bronza medali bilan kifoyalandi. Qolgan 7 nafar bokschimiz esa oltin medal uchun kurashni davom ettirishadi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Unubold Orxontangalag (Mo‘g‘uliston) 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston) 4:1
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Junmilardo Ogayre (Filippin) 5:0
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Tsenbataar Erdenebat (Mo‘g‘uliston) 2:3
-64 kg: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston) 0:5
-69 kg: Bobousmon Baturov – Vikas Krishan (Hindiston) (raqib jarohati sabab jangni yakunlay olmadi)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Eumir Marsial (Filippin) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Shabbos Negmatulloyev (Tojikiston) 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit (Hindiston) 0:5
+91 kg: Bahodir Jalolov – Alanzi Abdulrahman (Eron) 2-raundda nokaut

Eslatib o‘tamiz, ayollar jamoamizdan 6 bokschi ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa jami 13 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tarilishadi.

Text to speech