7 Oktyabr 2023 850

Osiyo o’yinlarida tarix yangilandi

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo oʻyinlarining yakunlanishiga yana bir kun qoldi. Bellashuvlar yakunlanib ulgurmasidan Oʻzbekiston delegatsiyasi medallar soni va sifati boʻyicha Osiyo o’yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Hozirda delegatsiyamiz hisobidagi medallar 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, umumiy 71 tani tashkil etmoqda.

Shu paytgacha eng yaxshi natijamiz 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida qayd etilgan edi. Unda delegatsiyamiz 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalga sazovor boʻlgan edi. Bu safar sifat va son boʻyicha ham rekordlar yangilandi.

Barcha hamyurtlarimizni muzaffar atletlarimizning ushbu yutugʻi bilan muborakbod etamiz. Gʻalabalar bardavom boʻlsin!

Text to speech