28 May 2021 2301

Ular Tokioga borishadi: Kolleksiyasini Olimpiada oltini bilan ham to‘ldirishga ahd qilgan Mirazizbek Mirzahalilov

Boks bo‘yicha terma jamoamiz vakillari orasida Mirazizbek Mirzahalilovdan ham katta natijalar kutmoqdamiz. “Ular Tokioga borishadi” loyihamizning ushbu sonida quvalik bokschimiz haqida gaplashamiz.

Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li Mirzahalilov 1995-yil 27-fevral kuni Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 2006 yildan boks bilan shug‘ullanadi. Murabbiyi Bahodir Erkayev.

Bokschimiz 2014-yildan asosiy yutuqlarga erisha boshladi. Mamlakat chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng terma jamoa tarkibiga qabul qilindi. -56 kg vazn toifasida 2018-yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida, bir yil o‘tib Bangkokda o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2019-yil Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida ham bokschimiz tengsiz ekanligini isbotladi. Uning kolleksiyasidan Olimpiada oltin medalining joy olishi qolgan xolos.

Joriy yilning 3 aprel kuni “Humo arena” muz saroyi mezbonlik qilgan professional boks oqshomida o‘z debyutini o‘tkazdi va muddatidan avval g‘alabaga erishdi.

Mirzahalilov hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2020-yil Iordaniyada o‘tgan Osiyo-Okeaniya litsenzion musobaqasidagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan.

Text to speech