FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Oktyabr 2023 1989

Xanchjou-2022: Chavandozlarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o’tishdi

Konkur bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari saralashdagi ishtirokini yakunlashdi. Hamyurtlarimiz yakkalik va jamoaviy dasturda bahs olib borishdi. Unda Bahromjon Gaziyev (“Ledi” laqabli otda), Bekzod Qurbonov (“Santos Hippica”), Xurshid Alimjonov (“Chempions liga”) va Umidjon Komilov (“Kalleko”) yurtimiz sharafini himoya qildilar.

O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining ma’lum qilishicha, saralash bahslarida 17 mamlakatdan 56 nafar chavandoz ishtirok etib, 40 nafar sportchi yarim finalga yo’l olgan. Ular orasida hamyurtlarimizdan B.Gaziyev, B.Qurbonov hamda X.Alimjonovning nomlarini uchratish mumkin. Bugun ularning otlari sanitar tekshiruvdan o’tadi. Ertaga esa medallar uchun yakuniy bellashuvlar bo’lib o’tadi.

Text to speech