4 Oktyabr 2023 877

Xanchjou-2022: Toʻrabek Habibullayev bronza medaliga sazovor boʻldi

Mahoratli yosh bokschimiz Toʻrabek Habibullayev Osiyo oʻyinlari sovrindoriga aylandi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz yarim finalda xitoylik Tanglatixan Toʻxtarbekka qarshi ringga koʻtarildi. Qiziqarli jang mezbon bokschining gʻalabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz Osiyo oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Text to speech