FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Oktyabr 2023 1785

Xanchjou-2022: Hasanboy Doʻsmatov ketma-ket ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining finalida!

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov qatorasiga ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining finaliga yoʻl olmoqda. -51 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib bordi. Ikki jahon chempionlari oʻrtasidagi bahsda yurtdoshimizning qoʻli baland keldi. Shuningdek, ushbu gʻalaba Doʻsmatovga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasini ham taqdim qildi. Uning finaldagi raqibi tailandlik Titisan Panmot boʻladi.

Text to speech