28 May 2021 2509

Yengil atletikachilarimiz mamlakat ochiq chempionatida kuch sinashishmoqda

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha mamlakat ochiq chempionati start oldi. Mazkur musobaqada Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Ahamiyatlisi, unda atletlar Tokio-2020 Olimpiada normativlarini bajarish orqali litsenziyalarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Chempionatning saralash bahslarini MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov ham kuzatib bordi. MOQ rahbari tashrif davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashib, tashkiliy ishlar bo‘yicha fikr almashdi va atletlarimizga omad tilab o‘tdi.

Buguni dasturda Yekaterina Voronina, Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova, Safina Sadullayeva kabi hamyurtlarimiz ishtirok etishmoqda. Eʼtiboringizga musobaqa jarayonidan fotosuratlarni havola etamiz. To‘liq natijalar bilan kelgusi xabarlarimizda tanishtirib o‘tamiz.

Text to speech