28 May 2021 2005

Andijon viloyatida konkur bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Shu kunlarda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati Andijon viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik. Mutasaddilar tashrif davomida konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat Hokimi kubogi musobaqasida bo‘lishdi.

Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmanov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ham ishtirok etishdi. Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan “Horse King” ot sporti klubida o‘tgan mazkur musobaqada qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilari, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan sportchilar tashrif buyurishdi.

Musobaqa natijalari:
Bolalar – 110 sm
1. Rustam Karimov – Andijon viloyati
2. Boburjon Valijonov – Toshkent shahri
3. Dilshod Shokirov – Toshkent shahri

Yosh otlar – 110 sm
1. Fayzullo Rustamov – Andijon viloyati
2. Omadbek Butaboyev – Andijon viloyati
3. Otabek Abdurasulov – Andijon viloyati

Olti to‘siq
1. Farruh O‘rinbayev – Toshkent shahri
2. Abduazim Ramziddinov – Toshkent shahri
3. Muhammadiyer Raimjonov – Toshkent shahri

120 sm
1. Abduazim Ramziddinov – Toshkent shahri
2. Sergey Antanovich – Toshkent shahri
3. Abdulbori Mirzaliyev – Farg‘ona viloyati

Text to speech