28 May 2021 2624

Faqat o‘zbekistonlik bokschi yigitlar to‘liq tarkibda Osiyo chempionligi uchun kurashni davom ettirishmoqda

BAAning Dubay shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, bugun faqat erkaklar o‘rtasidagi janglarga guvoh bo‘lamiz.

E’tiborlisi, musobaqada faqat O‘zbekiston erkaklar terma jamoasigina to‘liq tarkib bilan yarim finalga yo‘l oldi. Bugun musobaqada ishtirok etayotgan 10 nafar bokschimizning barchasi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Unubold Orxontangalag (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Azat Usenaliyev (Qirg‘iziston)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Junmilardo Ogayre (Filippin)
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Tsenbataar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64 kg: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Vikas Krishan (Hindiston)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Eumir Marsial (Filippin)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Shabbos Negmatulloyev (Tojikiston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Alanzi Abdulrahman (Eron)

Shu o‘rinda yarim finalga qaysi jamoa nechta bokschi bilan yetib kelganiga nazar tashlaymiz:
O‘zbekiston – 10
Qozog‘iston – 6
Hindiston – 5
Mo‘g‘uliston – 5
Qirg‘iziston – 4
Eron – 4
Filippin – 3
Tojikiston – 2
Quvayt – 1

Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasida kechgan yarim final janglari yakuniga ko‘ra, olti nafar vakilimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Text to speech