1 Oktyabr 2023 766

Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!

Har qanday sohada erishilgan yuqori natijalar, shaxsning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishida ustoz va murabbiylarning xizmati beqiyos. Bugun o‘zbek sporti xalqaro maydonda o‘z so‘zini aytib borar ekan, bu Siz aziz ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Har qanday sharoitda sportchilarimiz bilan yelkama yelka turib, jonajon vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lida olib borayotgan mehnatingizni qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Text to speech