30 Sentyabr 2023 851

Xanchjou-2022: Nigina Oʻktamova Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasiga ega chiqdi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Nigina Oʻktamova Osiyo oʻyinlarining yarim finaliga yoʻl oldi. Quvonarlisi, -54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz ushbu bosqichga yoʻl olish bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasiga ham ega chiqdi. Oʻktamova shiddatli ruhda kechgan chorak final jangida yaponiyalik Rinka Kinoshitadan ustun keldi.

Text to speech