30 Sentyabr 2023 717

Xanchjou-2022: Bugun Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida markaziy bahs boʻladi

Shaxmat boʻyicha jamoaviy dastur boshlandi. Birinchi turda yigitlarimiz Qirgʻiziston bilan bahs olib borib, 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Ayollar oʻrtasidagi bellashuvda qizlarimiz xitoylik raqibalari bilan 2:2 hisobida durangga imzo chekishdi.

Bugun 2-turda erkaklar oʻrtasida markaziy bahs boʻlib oʻtadi. Unda amaldagi shaxmat Olimpiadasi gʻolibi hisoblanuvchi hamyurtlarimiz hindistonlik raqiblariga qarshi dona surishadi. Qizlarimizni Filippinga qarshi bahs kutib turibdi.

Text to speech