28 Sentyabr 2023 717

Xanchjou-2022: Chusovitina va Islomov Osiyo o‘yinlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdi

Bugungi dasturdan o‘rin olgan sport gimnastikasi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Humoyun Islomov erkin mashq, Oksana Chusovitina esa tayanib sakrash dasturida final bahsida ishtirok etishdi.

Har ikki hamyurtimiz o‘z dasturlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Islomovning chiqishi hakamlar tomonidan 14.133 ball bilan baholangan bo‘lsa, Chusovitina 13.383 ball jamg‘ardi.

Text to speech