FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Sentyabr 2023 1975

Osiyo oʻyinlarida sovrindor boʻlgan taekvondochilarga esdalik sovgʻalari topshirildi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ortda qolgan kunlar davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishga ulgurdi. Bugungi bellashuvlardan keyin Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov sportchilarni tabriklashdi.

Anʼanaga muvofiq, musobaqada shohsupaga koʻtarilgan barcha sportchilarga vazirlik va MOQning esdalik sovgʻalari topshirib kelinmoqda. Rasmiylar taekvondonchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tiladilar.

Maʼlumot uchun, Osiyo oʻyinlari doirasida taekvondo bahslari davom etadi. Ertaga hamyurtlarimizdan Svetlana Osipova hamda Nikita Rafalovich dayanga chiqishadi.

Text to speech