FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Sentyabr 2023 1991

Xanchjou-2022: Shaxmat va kibersport bahslari hal qiluvchi pallada

Osiyo oʻyinlari doirasida klassik shaxmat va kibersport boʻyicha bellashuvlar qizgʻin davom etmoqda. Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev mazkur sport turlari boʻyicha bellashuvlarni kuzatib bormoqda.

Bugun klassik shaxmat yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Ortda qolgan kun shaxmatchilar 3 ta tur uchrashuvlarida dona surishdi. Unda Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov 1.5 ochkodan, Umida Omonova 2.5, Nilufar Yoqubboyeva esa 1 ochko jamgʻardi. 7-tur yakunlariga koʻra, Nodirbek Abdusattorov 5, Umida Omonova esa 5.5 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turishibdi. Bugun ushbu dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Kibersportchilarimiz ham medallar uchun kurash olib borishmoqda. Bugun ular “Dream Three Kingdoms” oʻyinida oʻz ishtiroklarini olib borishyapti.

Alisher Saʼdullayev musobaqa doirasida mutaxassislar bilan uchrashib, yaratilgan sharoitlar va hamyurtlarimizning imkoniyatini oʻrgandi. Shuningdek, sportchilarimiz bilan samimiy suhbatlashib, ularga musobaqa davomida omad tiladi.

Text to speech