Yana olti nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi
Dubay shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda. Ortda qolgan kun yakuni bo‘yicha erkaklar o‘rtasida navbatdagi yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Reglamentga ko‘ra, ushbu kun 6 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi va barchalari yarim final masalasini ijobiy hal qilishdi. Shahobiddin Zoirov, Abdumalik Xalakov, Bobousmon Baturov, Saidjamshid Ja’farov yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Dilshodbek Ro‘zmetov qatarlik raqibini texnik nokautga uchratdi. Bahodir Jalolovning raqibi esa ringga chiqmadi.
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Ramish (Afg‘oniston) 5:0
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Abdurahmon Yoqubov (Tojikiston) 5:0
-69 kg: Bobousmon Baturov – Rustambek Nuradin Uli (Qirg‘iziston) 5:0
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Begjigit Omurbek Uli (Qirg‘iziston) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Nassir Said (Qatar) texnik nokaut
+91 kg: Bahodir Jalolov – Siyovush Zuhurov (Tojikiston) raqib jangga chiqmadi
Bugun qizlar o‘rtasida yarim final bellashuvlari start oladi. Bugungi kun dasturida 7 nafar bokschimiz final uchun jang olib boradi:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva – Xose Gabucho (Filippin)
-54 kg: Sitora Shagdarova – Edenedali Michidma (Mo‘g‘uliston)
-57 kg: Sitora Turdibekova – Mijigona Samadova (Tojikiston)
-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Milana Safronova (Qozog‘iston)
-69 kg: Navbahor Hamidova – Lovlina Borgoain (Hindiston)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Marina Volnova (Qozog‘iston)
+81 kg: Mohira Abdullayeva – Anupama (Hindiston)