26 May 2021 2556

Prezident qarorining ijrosi amalda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 11 mart kuni imzolangan “Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev boshchiligidagi ishchi guruh ayni paytda Respublikamiz bo‘ylab viloyatlardagi ot sportiga ixtisoslashgan maktablar va yirik otxonalarni ko‘zdan kechirmoqda.

Mutasaddilar dastlab Samarqand viloyatida bo‘lishdi. Hozir esa Andijon viloyatidagi asosiy otxona va ot sportiga ixtisoslashgan maktablar o‘rganilmoqda. Maʼlumki, yurtimizda axalteke va qorabayir otlarini yetishtiradigan ko‘plab mutaxassislar mavjud. Ishchi guruh tashrif davomida hududlardagi ana shunday vakillar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishmoqda. Maqsad esa mamlakatimizda zotdor va naslli otlarni ko‘paytirish orqali ot eksportini yo‘lga qo‘yish, yurtimizda ot sportini yana-da rivojlantirishdir.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar muhokama qilinib, kerakli tavsiyalar berildi. Taʼkidlash joiz, federatsiya rahbariyati kelgusida Respublikamizning barcha hududlariga safar uyushtirib, viloyatlarning bu boradagi imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni rejalashtirgan.

Text to speech