22 Sentyabr 2023 665

Jasurbek Ortiqboyev ikki karra jahon chempionati sovrindori

Serbiyada o’tayotgan sport kurashlari bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi o’zining ilk medalini qo’lga kiritdi. Yunon-rum kurashchimiz Jasurbek Ortiqboyev bronza medaliga sazovor bo’ldi.

-55 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda moldovalik Artyom Delenauni 6:1 hisobida dog’da qoldirdi. Ortiqboyev shu tariqa ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligida bronza medaliga ega chiqmoqda.

Text to speech