FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Sentyabr 2023 2780

O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l oldi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Xanchjou-2022 XIX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan Abdulla Nigmatovich Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lida Prezidentimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganini taʼkidlab, sportchilarimizga omad tiladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham so‘z olib, sportchilarimizga faxriylar nomidan o‘zining iliq tilaklarini yo‘lladi.

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni Zaynab Dayibekova esa sportchilarimiz nomidan so‘zga chiqib, murosasiz bellashuvlarda medallar qo‘lga kiritish uchun bor kuch va shijoatlarini ishga solishini bildirdi. Tadbir yakunida Abdulla Aripov qilichbozimiz Zaynab Dayibekovaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini topshirdi.

Shuning bilan, tantanali tadbir o‘z yakuniga yetdi. Delegatsiya aʼzolari davlatimiz tomonidan ajratilgan maxsus “Dream Liner” samolyotida charter reysi bilan Xanchjou tomon yo‘l oldi.

Text to speech