Jahon chempionatida ishtirok etuvchi og‘ir atletikachilarimiz bilan tanishing
23-31 may kunlari poytaxtimiz og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan yosh yulduzlar ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 14 nafar sportchimiz mazkur dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida o‘smirlar Olimpiadasi sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullayeva, shuningdek, Tursunoy Jabborova, Nigora Abdullayeva, Hakimjon Shamsiddinov kabi iqtidorli yoshlarni ham uchratish mumkin. To‘liq tarkib esa quyidagicha:
Yigitlar:
-55 kg: Husinboy Matrasulov
-61 kg: Og‘abek Nafasov
-81 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-81 kg: Hojiakbar Olimov
-89 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Valijon Sharipov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Mirhosil Mirzaboyev
Qizlar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-59 kg: Mashhura Rustamova
-64 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-71 kg: Nigora Suvonova
-71 kg: Madinabonu Jo‘rayeva
-76 kg: Tursunoy Jabborova
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni taqdim etadi.