18 Sentyabr 2023 975

Davlat mukofoti topshirildi

“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, soha mutaxassislari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgan edi. Bugun Gimnastika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining oʻrinbosari Goʻzal Moʻminova hamda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi murabbiyi Nurali Qobulov ham mukofotlarni qabul qilib olishdi. Ularni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov oʻz egalariga topshirdi. Marosimda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.

Farmonga muvofiq, G.Moʻminova “Doʻstlik”, N.Qobulov esa II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Rasmiylar ularga yurtimiz sporti rivojiga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi faoliyatlarida ham omad tilashdi.

Text to speech