18 Sentyabr 2023 1762

Ogʻir atletikachi yigitlarimiz medallar jamgʻarish boʻyicha ikkinchi boʻlishdi

Saudiya Arabistonida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida litsenzion xarakterga ega boʻlgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi munosib qatnashdi.

Chempionat davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Barcha medallarni yigitlarimiz keltirishdi. Bu orqali erkaklar terma jamoamiz medallar jamgʻarish boʻyicha Xitoydan soʻng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi boʻyicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan soʻng beshinchi pogʻonadan joy egalladi. Shohsupaga koʻtarilgan atletlarimiz:

Oltin medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast koʻtarish)
-109 kg: Akbar Joʻrayev (dast koʻtarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab koʻtarish)
-109 kg: Akbar Joʻrayev (ikki kurash)

Kumush medal:
-109 kg: Akbar Joʻrayev (siltab koʻtarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)

Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni ushbu natija bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilab qoladi. Endi terma jamoamiz Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yoʻl oladi.

Text to speech