16 Sentyabr 2023 1074

Akbar Jo’rayev jahon chempioni, Nurudinov ikkinchi

O’zbek og’ir atletikasi hamon -109 kg vazn toifasida jahonda tengsiz ekani yana bir karra o’z isbotini topdi. Hamyurtlarimiz, Olimpida chempionlari Akbar Jo’rayev hamda Ruslan Nurudinov ushbu vazn toifasida jahon chempionatining oltin va kumush medallarni bo’lishib olishdi.

Dast ko’tarishda 189 kg, siltab ko’tarishda 226 kg va ikki kurashda 415 kg natija qayd etgan Jo’rayev 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo’lga kiritdi. Dast ko’tarish mashqidagi 180 kg Nurudinovni to’rtinchi o’rinda olib qoldi. Siltab ko’tarishda 227 kg bilan oltin medalni o’z hisobiga yozdirib qo’ygan bo’lsa, umumiy hisobdagi 407 kg unga kumush medalni keltirdi. Ikki kurashda bronza medali 403 (180+223) kg natija ko’rsatgan ozarbayjonlik Dadash Dadashbayliga nasib etdi.

Text to speech