FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Sentyabr 2023 1931

Oybek Kasimov Qozog’iston Milliy Olimpiya qo’mitasini 30 yillik yubiley bilan qutladi

Astana shahrida Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov faxriy mehmonlar qatorida ishtirok etdi.

Tadbir davomida ortda qolgan davr mobaynida qozoq sporti rivojiga hissa qo‘shgan atletlar taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro hamkorlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Xususan, Qozog‘iston MOQ prezidenti Timur Kulibayev Oybek Kasimovga “Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasining 30 yilligi” yubiley medalini topshirdi.

O‘z navbatida, Oybek Omilovich qardosh xalq vakillarini mamlakatimiz Olimpiya oilasi nomidan qutlab, T.Kulibayevga O‘zbekiston MOQning esdalik medalini taqdim qildi va tashkilotning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Text to speech