FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Sentyabr 2023 1806

WADA va RADOCA mutasaddilari tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi

Shu kunlarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) mutasaddilari Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi.

Markaz mutasaddilari ularga RSTIAM faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Uning imkoniyatlari, mavjud texnikalar va stasionar bo‘limdagi sharoitlar tashrif buyuruvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Shuningdek, mehmonlar Markaz mutaxassislarining ish jarayonini ko‘zdan kechirib, ular bilan sportchilarni davolashda foydalaniladigan dori vositalari haqida suhbatlashishdi. Shifokorlar WADA e’lon qilib boradigan ro‘yxatni muntazam kuzatib borishlarini ta’kidlab, xorijliklarni kelgusi rejalar bilan tanishtirishdi.

Text to speech