13 Sentyabr 2023 1197

Toshkentda Mintaqaviy antidoping agentligi hisobot yigʻilishi boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–149-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan 13-14-sentyabr kunlari Toshkentda Mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) hisobot yigʻilishi o’tkazilmoqda.

Bugun mazkur tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Uni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov yigʻilish ishtirokchilarini mamlakatimizda koʻrib turganidan bagʻoyat xursand ekanligini bildirdi. Shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) bosh mennedjeri E.Lukotsiutelar ham soʻzga chiqib, tadbir yuzasidan iliq fikrlar bildirishdi. Shundan soʻng sessiya oʻz ishini boshladi.

Tadbir doirasida bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari, shuningdek, Qozogʻiston hamda Mongoliyadan tashrif buyurgan mehmonlarga Butunjahon antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan trening mashgʻuloti ham oʻtkazilmoqda.

Text to speech