13 Sentyabr 2023 860

Shahrullo Mahmudovni tabriklaymiz!

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, “Mehnat shuhrati” va I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Shahrullo Mahmudov tavallud ayyomini nishonlamoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shahrullo Sharipovichni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech