11 Sentyabr 2023 990

Muhammadqodirdan navbatdagi medal

Muhammadqodir Toshtemirov Saudiya Arabistonida o’tayotgan jahon chempionatida yana bir medalga sazovor bo’ldi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalni qo’lga kiritdi. Polvonimiz dast ko’tarishda 164 kg bilan oltin medalga ega chiqqan edi. Siltab ko’tarishdagi 188 kg unga mazkur yo’nalishda medal taqdim qilmagan bo’lsa ham, yakunda uchinchi o’rinni egallashiga katta zamin yaratdi.

1. Oskar Martines (Italiya) - 356 (163+193) kg
2. Rahmat Abdulloh (Indoneziya) - 354 (145+209) kg
3. Muhammadqodir Toshtemirov (O’zbekiston) - 352 (164+188) kg

Text to speech