FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Sentyabr 2023 3022

Qoʻqon shahrida yangi boks maktabi foydalanishga topshirildi

Bugun oʻzbek sportiga koʻplab taniqli charm qoʻlqop ustalarini yetkazib bergan Qoʻqon shahrida yangi boks maktabi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari Fayzulla Qosimov, shuningdek, koʻplab boks ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar Qoʻqon shahrining oʻzbek boksida tutgan oʻrni haqida alohida toʻxtalib, bu kabi zamonaviy sport inshootlari kelajakda yangi yulduzlarni kashf qilish va yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi targʻibotini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi. Qayd etish oʻrinliki, ushbu sport maktabining ishga tushirilishi bilan soʻnggi 5 yil ichida Qoʻqonda foydalanishga topshirilgan sport markazlarining soni 14 taga yetdi.

Tadbir soʻnggida boks maktabining yosh tarbiyalanuvchilariga sport anjomlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Text to speech