11 Sentyabr 2023 768

Uchkurashchimiz konkur musobaqasida g‘alaba qozondi

Ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhammaddiyor Raimjonov Polshada o‘tgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ahamiyatlisi, ushbu natijaga hamyurtimiz Gayevniki-Kolyonya shaharchasida o‘tgan konkur turnirida erishdi.

Chavandozimiz 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida uchinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Bellashuvlar davomida Raimjonovga “Viola” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Text to speech