19 May 2021 2385

Ravshan Irmatov MOQ hududiy vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ZOOM platformasi orqali Qo‘mitaning viloyatlardagi vakillari bilan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Unda hududlarda ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirish, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimizning ijtimoiy holatidan xabar olish kabi mavzular muhokama qilindi.

Kun tartibidan “Sportni sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy sport musobaqasining may oyi davomida olib borilayotgan tadbirlari, yoz mavsumida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, uyushmagan yoshlarni sport bellashuvlariga jalb qilish choralarini ko‘rish, joriy yil bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan va litsenziya uchun kurashayotgan atletlarimizning oilasi qanchalik qo‘llab-quvvatlanayotganini o‘rganish masalalari joy olgan edi. Ravshan Irmatov uchrashuv davomida har bir viloyat vakillari bilan birma-bir mazkur masalalar bo‘yicha batafsil suhbatlashdi.

Yig‘ilish yakunida “Sportni sev, sport bilan yasha!” musobaqasining nufuzini yana-da oshirish, unga yana-da ko‘p aholi qatlamini jalb qilish, yoshlar uchun ko‘proq ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech